TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

“QXM” fa`kultetini bundan 50-yil oldin tugatgan kursdoshlar uchrashuvi bo’lib o`tdi

Uchrashuvda “QXM” fakulteti dekani dotsent Q.O.Shovazov mehmonlarga universitetning tarixi, ҳozirgi kundagi yutuqlari va kelajakdagi rejalari bo’yicha ma’lumotlar berdi. Universitetda tashkil etilgan uchrashuvda ustoz professorlar M.Shoumarova va T.Abdillayev bilan talabalik davrlarini yodga olib maroqli  suxbatlashdilar.

So’z boshlagan t.f.d. professor A.Axmedov “Bitirganimizga  ham mana 50 yil bo`libdi, respublikadagi oliy o’quv yurtlari orasida 1-o’rinni egallab turgan tabarruk dargohni bitirganimizdan hamisha faxrlanib yashaymiz” - deb fikr bildirdi. Bitiruvchilar o’z so’zlarida uchrashuvga kelganlarni kutib olish va ustozlar bilan uchrashuvni yaxshi  tashkil etilganligi  uchun  universitet raxbariyati va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.