TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2022

Quvnoqlar va Zukkolar "Yangi Targ‘ibot.UZ" sahnada.

Ajoyib  talqin va havaskor (Quvnoqlar va Zukkolarning) yangi "TARG‘IBOT UZ" jamoasidan ekskluziv chiqish namoyish etildi. Universitetimiz talabalari madaniy hordiq olib taassurotlar bilan qaytdi. Muhtasham madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturi, musiqiy chiqishlar hamda turli hil sahna ko‘rinishlarga boy bo‘ldi. Yangi iste'dodlarni o‘z jamoalari safiga taklif etib iqtidorli talabalarimiz sonini oshirish va bu yo‘nalishda yuqori cho‘qqilarga erishishda jamoa a'zolari o‘z motivatsiyalarini berishdi. Madaniyat saroyi direktori Komiljonov Jamshid hamda Universitet Yoshlar yetakchisi Rasulov Davronbek bunday loyihalar bardavom bo‘lishini va barcha sharoitlar iqtidorlarga xizmat qilishini aytib o‘tdilar. Kelgusidagi dasturlarda jamoangiz bilan siz ham sahnada o‘z qobiliyatlaringizni namoyon qilishingiz mumkin.

Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi: D. Rasulov

Universitet matbuot xizmati