TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2022

Qurilish obyektiga tashrif

Respublikamiz hududlarini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini kengaytirish, jumladan, sohani rivojlantirishda ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvi bo’yicha islohotlarni izchil amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi.

GIM fakulteti SXMIM yo‘nalishi 3 - kurs talabalari “Suv xo’jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish” fanini amaliyot bilan bog’lash va talabalarda qurilish-montaj ishlari bilan tanishish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish  va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti B.Norkulov va assistent Sh.Nazarovalar bilan qurilish ob’ektiga tashrif buyurishdi.Tashrif jarayonida bino va inshootlar majmui qurilishiga oid fikr almashinildi. Shuningdek, talabalar qurilishni boshqarish, tashkil qilish bo‘yicha o‘zining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

“Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish  va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti B.Norkulov axboroti

Universitet matbuot xizmati