Qunt va zehn notiqlikka yo‘l ochadi
Joriy yilning 5-aprel kuni universitetimizning 9 qavatlik binosidagi 505-xonada notiqlik san'ati boyicha oflayin dars bo'lib o'tdi. Bu darsga GM, QSXET, GTQ, SXTEB fakultetlari qatnashdi. Darsda Talabalar xotira mashqi, o'zini tanishtirish va nutqini o'stirish bilan bog'liq trening mashg‘ulotlarida o‘z qobiliyatlarini sinab korishdi.
Darsga kelgan talabalar soni kopligi sababli 2 ta xonaga bo'lib otishga majbur bolindi.
1-xonada darsni SXTEB fakulteti talabasi Anvarbek o'z xotira mashqini jamoa azolari bilan baham ko'rgan holda boshladi. Bu treningda talabalar 2 ta guruhga bolinishdi. 1-guruh azolari ozini salbiy tomonlarini, 2-guruh a'zolari esa o'zlarining ijobiy jihatlarini aytishdi. Bu o‘yin yodda saqlash va tanishuv ma'nosida ahamiyatli.
Keyinchalik ustoz R. Jumaniyozov ularga yangi, o'ziga xos topshiriq bilan sinab ko'rdi. Bunda har bir talaba 4 ta so'z yozib osha so'zlarning sinonimlarini, ma'nodoshlarini aytishni talab etdi. Kim 2 yoki 3 tadan ortiq ma'nodoshini topa olsa g‘olib bo‘ladi.
2-xonada esa GM fakulteti talabasi Rustamova Madina, o'zini tanishtirish bilan boshladi. Mamatqulova Sohiba o‘z tarjimai holini tutilmasdan qiziqarli tarzda aytib g‘olib bo'ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, SXTEB fakulteti talabasi Fayzullayev Behzod so'zga chiqib ifodali tarzda Abdulla Oripovning she'rlaridan o‘qib barchani o'ziga jalb qila oldi.
Keyinchalik, GTQ fakulteti talabasi Sattarov Sardor talabalarning nutqini yanada rivojlantirshga óz hissasini qóshdi. Talabalarga shunday savol bilan murojaat qildi: "Tasavvur qiling, siz prezident yonidasiz, ózingizni shunday tanishtiringki, prezident sizni bir ko'rgandayoq eslab qolsin" degan savolni órtaga tashladi. Bu savolga juda aniq va ravon javob bergan Burxonov Sarvar bóldi. Uning fikirlarini hamma qóllab - quvvatlashdi. Dars davomida ustoz Nutq sifati, notiq fazilati haqida sóz yuritdi. Bunda asosan nutqni adabiy til me'yoriga rioya qilish, gramatik tushunchalarga amal qilish, urg'uni tóg'ri qóyish haqida yetarli tarzda ma'lumotlar berdi. Dars juda qiziqarli va mulohazakorlik bilan o‘tdi.
QSXET fakultetining 1 - bosqich talabasi To'lqin Ergashev axboroti
Universitet matbuot xizmati