TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2022

“QSXET” fakultetida "Dekan kubogi"

       Joriy yilning 16-oktyabr kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakultetida  "Yoshlar ittifoqi" ,fakultet tyutorlar jamoasi, fakultet faollari, hamda dekan muovini I.Buxorov  tomonidan 2-bosqich talabalari oʻrtasisida  "Dekan kubigi" futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Oʻyin qizgʻin, murosali boʻlishiga qaramay tashkilotchilar nazoratni saqlab tura olishdi. Musobaqada 201-guruh 3-oʻrin 202-guruh 2-oʻrin 209-guruh 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Oʻzini koʻrsata olgan futbolchilar  “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti terma jamoasiga oʻynashi uchun ular bilan shugʻullanishiga yoʻllanma berishdi. Talabalar bu musobaqadan madaniy hordiq olgan holda, dam olish kunlari yana tashkillashtirishni soʻrashdi. Shu bilan talabalar minnatdor boʻlib uyga ketishdi.

QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati