TIQXMMI yangiliklari

img
10.11.2022

QS xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari sammiti” uchinchi kuni

             Sammitning uchinchi kuni «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti» QS (Quacquarelli Symonds) butun dunyo bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini xalqaro tahliliga ixtisoslashgan tashkilot QS WUR agentligi  xalqaro reyting baholash va tahlil boshqarmasi, mazkur tashkilotning xalqaro konsalting bo‘limi  uchrashib TIQXMMI - Milliy tadqiqot universitetini rivojlangan davlatlarning  nufuzli universitetlari faoliyatiga transformatsiya qilish hamda universitetning xalqarolashuv jarayonini yanada oshirish bo‘yicha maslahat-davra suhbati o‘tkazildi. Unda universitetning istiqbolda rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

          Uchrashuv yakunida xalqaro reyting baholash va tahlil boshqarmasi boshlig‘i «TIQXMMI – Milliy tadqiqot universiteti» ning   «QS Asia University Rankings-2023» da Osiyo-Tinch okeani mintaqasi universitetlari orasida 301-o‘rin, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 14-o‘rinni egallaganligi bilan tabriklab sertifikatlarni rasmiy topshirdi.