QS xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari sammiti” ikkinchi kuni
2022-yilning 8-10 noyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida QS xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy taʼlim muassasalari sammitida (QS World University Rankings: QS Asia University Rankings 2023)” oʼtkazilmoqda. Mazkur sammitda «TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti» delegatsiyasi nomidan Rektor Baxodir Mirzaev va universitet xalqaro reyting boʼlimi boshlig'i Mamanbek Reymovlar ishtirok etmoqda. Sammitning ikkinchi kunida Oʼzbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasida «TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti» rektori professor Baxodir Mirzaev, Indoneziyaning texnologiya universiteti (ITS: Institut Teknologi Sepuluh Nopember: Asia ranking 146, World ranking: 701) xalqaro mobillik va reyting boshqarmasi boshligʼi professor Octaviyanti Wahyurini va xalqaro olovalar boʼlimi boshligʼi Desy Kurniawati lar bilan uchrashib xar ikkala universitetlarni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish boʼyicha xozirda olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar orqali muzakoralar olib bordi. Xalqaro xamkorlik, professor-oʼqituvchilarning oʼz aro malaka oshirish va xamkorlikda ilmiy maqolalar chop etishlari boʼyicha va kelgusida universitetilar oʼrtasida anglashuv memorandumlarini (Memorandum of Understanding) imzolash boʼyicha kelishib olindi.
Shuningdek, «TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti» rektori professor Baxodir Mirzaev Indiyaning Oliy taʼlim va tadqiqot akademiyasi (JSS Academy of Higher Education and Research: Asia ranking 301, Subject ranking: 101) dekani professor Vishal Kumar bilan uchrashib tabiiy fanlar va atrof muxitni muxofaza qilish taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha xalqaro xamkorlik, professor-oʼqituvchilarning oʼz aro malaka oshirish va xamkorlikda ilmiy maqolalar chop etishlari boʼyicha va kelgusida universitetilar oʼrtasida anglashuv memorandumlarini (Memorandum of Understanding) imzolash boʼyicha kelishib olindi.
Maʼlumot oʼrnida, 2022 yilning 8 noyabrь kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida QS xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy taʼlim muassasalarining (QS World University Rankings: QS Asia University Rankings 2023)” oʼtkazilgan Sammitda 2023 yilgi reyting natijalari eʼlon qilinib unda «TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti» «QS Asia University Rankings-2023» da Osiyo-Tinchokeani mintaqasi universitetlari orasida 301-oʼrin, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 14-oʼrin, Oʼzbekiston oliy taʼlim muassasalari orasida 1-oʼrinda qayd qilinib, QS World University Ranking: QS Asia University Rankings 2023 da 40 foizlik eng ilgʼor universitetlari qatoridan joy oldi.