TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2022

QS xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari sammiti”

               2022 yilning 8-10 noyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida QS xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari sammitida (QS World University Rankings: QS Asia University Rankings 2023)” o‘tkazilmoqda. Mazkur sammitda «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti» delegatsiyasi nomidan Rektor Baxodir Mirzaev va universitet xalqaro reyting bo‘limi boshligi Mamanbek Reymovlar ishtirok etmoqda.

        Sammitning birinchi kunida «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti» rektori professor Baxodir Mirzaev QS (Quacquarelli Symonds) butun dunyo bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini xalkaro taxliliga ixtisoslashgan tashkilot QS WUR agentligi  Vitse Prezidenti Ben Sowden, mazkur tashkilotning xalqaro konsalting boshkarmasi boshlig‘i Jacques de Champchesnel va Dr. Shadi Hijazi lar bilan uchrashib TIQXMMI- Milliy tadqiqot universitetida xozirgi kunda iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish,  universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan muzakoralar olib bordi. QS WUR ekspertlari tomonidan sungi yillarda «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti»ning asosiy kursatkichlari keskin va intensiv oshayotganligi e’tirof etildi.

               Shuningdek, «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti» rektori professor Baxodir Mirzaev Indoneziyaning Brauijaya universiteti (Universitas Brawijaya: Asia ranking 225, World ranking: 801) rektori professor Widodo bilan uchrashib xalqaro xamkorlik, professor-o‘qituvchilarning o‘z aro malaka oshirish va xamkorlikda ilmiy maqolalar chop etishlari bo‘yicha va kelgusida universitetilar o‘rtasida anglashuv memorandumlarini (Memorandum of Understanding) imzolash  bo‘yicha kelishib olindi.

            2022 yilining 8 noyabr kuni «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti» delegatsiyasi Indoneziyaning Bandung texnologiya instituti (Institut Teknologi Bandung: Asia ranking 63, World ranking: 235)  delegatsiyasi raxbari, ta’lim sifatini baxolash boshqarmasi boshlig‘i professor Poerbandona S.T bilan ushrashib universitetilar o‘rtasida xalqaro xamkorlik, o‘zaro talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xamkorlikda tadkikot ishlarini olib borish, malaka oshirish masalalari, ko‘shma va ikki tomonlama diplomlar almashinuvi bo‘yicha muzokaralar olib bordi va yaqin kunlarda universitetilar o‘rtasida anglashinuv memorandumlarini (Memorandum of Understanding) imzolash bo‘yicha kelishildi.

               Ma’lumot o‘rnida,  2022 yilning 8 noyabr kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida QS xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining (QS World University Rankings: QS Asia University Rankings 2023)” o‘tkazilgan Sammitda 2023 yilgi reyting natijalari e’lon qilinib unda «TIQXMMI –Milliy tadqiqot universiteti» «QS Asia University Rankings-2023» da Osiyo-Tinchokeani mintaqasi universitetlari orasida 301-o‘rin, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 14-o‘rin, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida 1-o‘rinda  qayd qilinib,  QS World University Ranking: QS Asia University Rankings 2023 da 40 foizlik eng ilg‘or universitetlari qatoridan joy oldi.