Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Almata shahrida bo‘lib o‘tgan “International summer school-2024” dasturini universitetimiz talabasi muvaffaqiyatli yakunladi
3-15 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Almata shahridagi “Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti” da tashkil etilgan “Xalqaro yozgi maktab – 2024” o‘z nihoyasiga yetdi. «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti “QXMS va DIT” yo‘nalishi 308-guruh talabasi Ibrohimov No‘monjon ushbu maktabni muvaffaqiyatli yakunladi. Ikki hafta mobaynida davom etgan ushbu yozgi maktabga Dunyoning 15 ga yaqin mamlakatlaridan tadqiqotchi yoshlar va izlanuvchilar tashrif buyurdilar.
Ushbu maktabda 10 ta qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lgan yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, talabamiz “Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” dasturi bo‘yicha tahsil oldi.
O‘qish davomida soha bo‘yicha o‘quv seminarlari, turli xil master-klasslar va boshqa oliygohlarga tashriflar bo‘lib o‘tdi. Oziq-ovqat sifatini sensorli nazorat qilish, Tajribalarni rejalashtirish, eksperimental maʼlumotlarni qayta ishlash, Xalqaro reyting jurnallariga maqolalar yuborish texnologiyasi, Non mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik liniyasi, fermentlangan sut mahsulotlarini ishlab chiqarish mini korxonasi bilan tanishish, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar, halol mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqa shu kabi mavzularda seminar-treyninglar bo‘lib o‘tdi.
Undan tashqari dam olish kunlari bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida sport va qozoq milliy o‘yinlari tashkil etildi va universitetimiz vakillari yuqori ko‘rsatkichlar ko‘rsatib estalik so‘vg‘alari va diplomga ega bo‘ldilar.