TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

Qo'shma korxonaga tashrif

2022 - yil 14 - aprel kuniIrrigatsiya va melioratsiyakafedrasi professori Isayev Sobirjon Husanbayevich, dotsent Bekmirzayev Gulom Tashpulatovich hamda assistentlar Tadjiyev Sunnat Saydaliyevich va Malikov Elyor Nazirqulovichlar Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» MCHJ Qo‘shma Korxonasiga tashrif buyurdi.

Qoshma korxonani moddiy texnik bazasi hamda dala maydonlari bilan tanishildi va mavjud muammolar organildi, kelajakdagi hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Bunda Qoshma korxona bilan kafedra ortasida bakalavriatura va magistratura talabalarini amaliyot otash masalari hamda tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish boyicha hamkorlik shartnomasi tuzish masalalari muhokama qilindi.

 

Malumot uchun, 2018 yilda AmerikaningSilverleafe Internationalkompaniyasi vakillari, prezident Shavkat Mirziyoyev mamuriyati otkazayotgan islohotlarda ishtrok etish uchun Ozbekistonga tashrif buyurishdi. O‘zbekiston hukumati ularning taklifini qabul qilishga, agrar soha modernozatsiyasi jarayonida ishtrok etish, chuqur qayta ishlash va xalqaro bozorga chiqish kabi muhim bosqichlarni qamrab oladigan vertikal – integratsion jarayonga o‘z investitsiyalari va tajribasi bilan ishtrok etish maqsad qilgani sabab boldi. Shu yilning o‘zidayoq loyihalarni amalga oshirish uchun, mahalliy hamkorlar bilan birga «Silverleafe» MCHJ Qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Hukumat qo‘shma korxona balansiga Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidan yer ajratib berdi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi jamoasi axboroti

Universitet matbuot xizmati