TIQXMMI yangiliklari

img
27.09.2022

Qo`shiq - qalb tarjimoni

Joriy yilning 26-27 - sentabr kuni “D” korpus 101 - xonada universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova YeRB fakulteti 1-kurs talabalari bilan vokal san'atidan saboq berish maqsadida tadbir tashkil etdi. Tadbirda talabalarga ijrochilik mahoratidan saboqlar berilib, musiqa jo'rligida kuylash malakalarini shakllantirishga doir mashg'ulotlar o'tildi. Sentyabrning ilk kunlaridanoq boshlangan saboqlar o'z natijasini bermoqda. Jamoaga a'zo bo'lgan talabalar jon-jahdlari bilan ishga kirishib, universitetimiz sha'niga atalgan gimnni maromiga yetkazib kuylash uchun tinmay harakat qilishyapti.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati