Qo'shiq orqali qalblarga yo'l
“TIQXMMI” MTU “D” korpus 101 xonada universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova va “Oliygoh madhi” bastakori S.Saydazovlar xor jamoasi a'zolari bilan qo'shiq kuylash va qo'shiqni tinglovchi yuragiga yetkazib kuylash san'ati sir-asrorlarini o'rgatish maqsadida tadbir tashkil etdilar. Tadbirda 1- kurs YeRB, SXTEB, GM fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda musiqaning sirli olami har qanday tinglovchini o'z domiga tortib, har ko'yga solishga qodirligi, uning kuchi va ta'siri cheksiz ekani barchamizga ayonligi, shu bois, tinglovchini maftun etadigan, mukammal va sehrli sado taratuvchi har bir san'atkor insoniyatning e'zozidagi ijodkorga aylanishi muqarrar ekaniligi haqida so'z yuritildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ijrochilik mahoratidan, musiqa jo'rligida kuylash malakalarini shakllantirishga doir saboqlar berildi. Tinglovchini o'ziga rom etib kuylashning nozik jihatlari haqida ma'lumotlar berildi. Berilayotgan saboqlar ishtirokchilar xotirasida yaxshi saqlanib qolinishi uchun, mashg'ulotda o'zbek xalq ijodiga mansub masal va rivoyatlardan samarali foydalanildi. Ilk o'qish boshlangan kunlardan boshlangan saboqlar o'z natijasini bermoqda. Ishtirokchilarda bir – birini tinglash, jamoa bo'lib kuylash malakalari shakllanib borayotgani juda quvonarli holat. Barcha ishtirokchilar universitetimiz sha'nini san'at tomonlama yuksaklarga ko'tarishni o'z oldilariga maqsad qilib, har kuni bu borada o'z mahoratlarini mukammalashtirishga harakat qilishyapti.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati