Qo'rqqanga qo'sha ko'rinar
Joriy yilning 10 noyabr kuni GM fakulteti 1-kurs 112-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muxamedova va GM fakulteti tyutori G.Ahmedjanovalar hamkorlikda “Fobiya va qo'rquv hissini yengish uchun 6 psixologik tavsiya” mavzuida seminar trening tashkil etishdi. Tadbir fobiya va qo'rquvlarnining fiziologiyasi, ularning inson ruhiyatiga ta'siri va ulardan xalos bo'lish yo'l – yo'riqlari haqida ma'lumotlar berish maqsadida tashkil etildi. Biror narsadan vahimaga tushmagan odam bo'lmasa kerak dunyoda. Kimdir buni his-hayajon bilan ifodalasa, kimlardir buning sababini ruhiy holatdagi o'zgarishlarda deb biladi.
Vaholanki, irodani chiniqtirish haqida ko'p gapiriladi. Shunday bo'lsa-da, hayotiy muammolarga sabab bo'layotgan va o'zligimizni anglashga to'sqinlik qilayotgan qo'rquv hissi ta'qib etishini inkor qilolmaymiz. “Agar bu his osoyishta hayot kechirishimizga mon'elik qilayotgan bo'lsa, uni yengish mumkinmi?”- degan savolni o'rtaga tashlab, tadbir boshlandi. Tadbirda qo'rquv turlari va ularni bartaraf etish usullari haqida so'z yuritildi. Barcha ishtirokchilar tadbirdan o'zlari uchun qiziqarli va foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda tadbir o'z yakuniga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati