TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2023

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif

Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv isrofini kamaytirish” bo’yicha videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Mirzayev Baxodir Suyunovich boshchiligidagi delegatsiya 5-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mintaqada suv xo’jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar insitutida bo’ldilar. Tashrif mobaynida institutning o’quv-jarayoni, o’quv-laboratoriya bazasi o’rganildi.  

Shuningdek, institut rahbariyati va professor-o’qituvchilariga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori prof.B.Mirzayevning institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, Ariq va kanallarni betonlashda yosh olimlarni jalb etish, institutni milliy va xalqaro miqyosda tanilishi bo’yicha  taqdimoti tinglandi.  

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Mirzayev Baxodir Suyunovich o’rtasida ikki tomonlama maanfatli bo’lgan shartnomalar va memorandum imzolandi. Unga ko’ra:

  • Mavjud ta'lim yo‘nalishlari o‘rganib chiqib iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoji hamda hududning tabiiy-iqlim sharoitlari bilan bo’gliq muammolardan kelib chiqib yangi ta’lim dasturlarini joriy etish bo’yicha takliflarini ko’rib chiqish;
  • Hamkorlikda o’quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish, o’quv materiallari va yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish, yangi laboratoriya tashkil etish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
  • Kelishuv asosida muayyan ta’lim yo’nalishlari doirasida amaldagi talablarga muvofiq akademik mobillik asosida o’quv jarayonini tashkil etish;
  • Iqtidorli talalalar almashinuvini tashkil etish hamda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan turli tanlovlarda ishtirok etish uchun sharoit yaratish
  • Orol bo’yi mintaqasida suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv isrofini kamaytirish yo’nalishida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ilmiy jamoa shakllantirish hamda xalqaro va mahalliy ilmiy grantlar tanlovida hamkorlikda ishtirok etish;
  • Soha yo’nalishi bo’yicha ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarini ilmiy hamkorlik maqsadida birlashtirish orqali mahalliy kolobrasiyani rivojlantirish;
  • Suv xo‘jaligiga oid yo‘nalishlarni ochish va o’quv laboratoriyalarini yaratish bo‘yicha kontsepsiyasini hamkorlikda ishlab chiqish kabi takliflar berildi.