TIQXMMI yangiliklari

img
11.04.2023

Qomusimiz – or-nomusimiz

2023 - yilning 11- mart kuni "Olmachi" mahallasi hududida  joylashgan turli aholi gavjum bo‘ladigan joylar ya’ni: bozor, bekatlar, ko‘pqavatli uylar kirish yo‘lagi va boshqalarda   referendum oldi targ‘ibot suhbatlari tashkil etildi. Mazkur targ‘bot ishlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”-Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilaridan Nilufar Yuldasheva ishtirok etidi.

Tashviqot tadbirlarini noan’anaviy usulda ishdan ajralmagan, o‘z yumushi bilan band odamlar bilan olib borilganligi aholiga  e’tiborga molik va ma’qul bo’ldi. Targ‘ibotchi  o‘z so‘zida  yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari haqida gapirib, Konstitutsiya aholining barcha qatlamiga birdek tegishli ekanligi, qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlar to‘ldirilayotganligiga misollar keltirib o`tdi.

Bular yangi tahrirga asosan, O‘zbekiston konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilyayotgani, 128 ta moddaning 91 tasiga konseptual o‘zgarishlar kiritilayotgani, umuman olganda, konstitutsiya matni 65 foizga  o’zgartirilayotgani misollar orqali tushuntirildi. Jumladan, o‘zgarishlar qatoridan prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirishi, senatorlar sonini 100 nafardan 65 nafarga tushirishi, O‘zbekistonni ijtimoiy davlat deb e’lon qilinishi, mahalliy kengashlar va hokimlarning vakolatlarini bir-biridan ajratilishi va boshqalar o‘rin olganligi  ta’kidlab o’tildi.

Yoshlarga, xotin-qizlarga konstituttsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha  ularni  qiziqtirgan savollariga ham javoblar berdi. Tadbirlar juda ham mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarining barchasini 2023 yil 30 aprelda o‘tkaziladigan referendumga befarq bo‘lmaslikka va faol ishtirok etishga chaqirildi. 

Universitet matbuot xizmati