TIQXMMI yangiliklari

img
11.09.2023

Qizlar ziynati – odob 

Joriy yilning 7 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriyev, universitet psixologi M.K.Muhammedova, Giromelioratsiya fakulteti tyutori G. Ahmedjanova, 4-TTJ tarbiyachi pedagogi S.Muhrumboyeva va 4-TTJ 

3-qavat qizlar sardori S.Mamatqulovalar birinchi kursga qabul qilingan talaba qizlarning yangi sharoitga moslashish jarayonini kuzatish hamda ularni TTJ ichki qonun qoidalari bilan tanishtirish maqsadida “Odob – qizlar ko‘rki” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Tadbirda qiz bolaning odobi, oilada tutgan o‘rni, bu nozik xilqatning jamiyatdagi roli va TTJda joriy etilgan ichki tartib qoidalarni barcha birdek qabul qilishi lozimligi haqida barcha mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, o‘z hayotiy tajribalaridan foydali o‘gitlar berib o‘tishdi. Tadbir davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Yuqorida aytilgan fikrlardan xulosa olgan talaba yoshlar kelgusida aʼlo baholar olib, yetuk mutaxassis bo‘lish bilan birgalikda bo‘sh vaqtlarini zoye qilmay ko‘pdan ko‘p hunarlarga ega bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘z nihoyasiga yetdi.  

  

 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati