“Qizlar odobi” mavzusida suhbat
Joriy yilning 26-aprel kuni “Energetika” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva tomonidan 3-talabalar turar joyida fakultet talaba-qizlari o‘rtasida “Qizlar odobi” mavzusida suhbatlashildi.
Suhbatda odob-axloq, ichki tartib intizom, kiyinish odobi, pokizalik, tibbiy ko‘rikning ahamiyati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi. Shuningdek, suhbat davomida talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan birgalikda ularni qiziqtirayotgan mavzu savollariga javoblar oldilar.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati