Qizlar bilan qiziqarli seminar-trening
Talabalarni xotirasini mustahkamlash hamda ularni bo‘sh vaqtlarini qiziqarli o‘tkazish maqsadida, “Mnemonika” bo‘yicha seminar-trening joriy yilning 5 mart sanasida Г-бинонинг 207-аудиториясида “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakultetining talaba-qizlari o‘rtasida tashkil etildi. Fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova talaba qizlarimizni 8 - mart xalqaro-xotin qizlar kuni bilan chin dildan tabrikladi, ularning o‘qish va ishlariga omad tilagan holda seminar-treningni ochib berdi. Bu Mnemonika —eslab qolish san’ati. Unga erishish uchun nima qilish kerak? Nima uchun yoshlar o‘rtasida xotira sustligi juda ko‘p uchramoqda?
Mnemonika eslab qolish sanʼati sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Bu yunon mifologiyasidagi xotira ma'budasi nomi - Mnemosyne bilan bog'liqligi haqida gapirildi Seminar-treningda qizlarimizga har xil savollar bilan murojaat qilindi va ularni eslab qolish sanati “Mnemonika” bo‘yicha tekshirildi. Bu o‘tkazilgan tadbir qiziqarli bo‘ldi va qizlarimizga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova, hamda tyutor G.Z.Axmedjanovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati