TIQXMMI yangiliklari

img
04.02.2023

Qiziquvchan yoshlar davrasi

            “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining "ENERGETIKA" fakulteti talabalari o'qish bilan birgalikda turli tanlovlarda, startap loyihalarda qatnashib, talabalik hayotining sahifalarini yangiliklar bilan boyitish harakatidalar. Intiluvchan, ixtirochi, qiziquvchan, g'oyakor yoshlar "Mirzo Ulugʻbek vorislari" Respublika tanlovining 2022-yilgi g'olibi "ENERGETIKA" fakulteti 211-guruh talabasi Umarov Behruzbekni har kun savollarga ko'mib, aslo tinch qo'yishmayapti. Behruzbek esa o'zi olgan tajribasi va taassurotlari bilan o'rtoqlashib, ularga yordam berayotganidan juda xursand. Davra suhbati davomida yoshlar mulohazalari, takliflari tinglandi, savollarga javoblar berildi. Qiziqarli rakursdagi davra suhbati oxirigacha davom etdi. Yoshlar akademiyasi faoliyati, imkoniyatlari xususida, qolaversa ayni hozirda start berilgan "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovi haqida yanada batafsil ma'lumotlar, tushunchalar berildi. Tizimli ravishda ishlash, innovator, tashabbuskor yoshlarini jamlash, ularni qo'llab-quvvatlash amalda yaxshi natija berishiga ishonchimiz komil.

"ENERGETIKA" fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola axboroti

Universitet matbuot xizmati