TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2023

Qizilo‘rda universiteti magistrlarining o‘quv-ilmiy markaziga tashrifi

2023 yil 18 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining “O‘quv-ilmiy markazi”ga “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori S.X.Isaev boshchiligida kafedra tayanch doktorantlari E.N.Malikov va M.Xayitovalar bilan birga Qozog‘iston resublikasi Qorkut ota nomidagi Qizilo‘rda universitetining “Suv xo‘jaligi va yer kadastri” kafedrasi dotsenti Bulanbayeva Perizat Urynbasarovna, kafedra dotsenti Otarbaev Bauyrzhan Syrmaganbetovich va “Suv xo‘jaligi va suv chorvachiligi” yo‘nalishi magistrlari Abu Merey Muratu, Erzhankyzy Arujan, Kopen Meruyert Bekbolatkyzy, Orynbekov Zhanasyl Zhanbolatuly, Utegenova Gulnafizbi Mirambekovnalar tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida “O‘quv-ilmiy markazi” da 2023 yilda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar, ya’ni intensiv bog‘ni tomchilatib sug‘orish, soyani egatlab va yomg‘irlatib sug‘orish, gulkaramni turli muddatlarda egatlab va yomg‘irlatib sug‘orish, fasolni tomchilatib sug‘orish, omarant o‘simligini tuproq ostida sug‘orish, kuzgi bug‘doyni tomchilatib hamda turoq ostidan sug‘orish, shuningdek, makkajo‘xori va g‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishishdilar. Qizilo‘rda universitetining dotsent va magistrlari “TIQXMMI”MTUning “O‘quv-ilmiy markazi”da olib borilayotgan suvtejamkor sug‘orish texnologiya ishlari bilan tanishib chiqdilar va juda yaxshi taassurotlar bilan hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdilar. Shuningdek, “O‘quv-ilmiy markazi”da olib borilayotgan resurstejamkor sug‘orish texnologiyalarini Qizilo‘rda universitetining dala tajribalarida qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘lishdilar.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori S.X.Isaev axboroti

Universitet matbuot xizmati