TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Qizg‘in dars mashg‘ulotlari

“Gidromelioratsiya" fakultetining 5450700-Suv ta’minoti muhandislik tizimlari ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 307-guruh talabalarini, 2022 yilning 23 aprel kuni “E va SRB” kafedrasi dotsentlari M.Abduqodirova, X.Nazarovlar  O‘zbekiston Respublikasi Uyjoy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligio’quv markazi rahbari O’.Sodiqov hamda yetakchi ilmiy xodimi J.Durxadjaevlar bilan birgalikda “Ichimlik suv ta’minoti  tizimlarini ekspluatatsiya” fanlaridan “Respublikamizdagi mavjud suv tozalash texnologiyalari” mavzusida dars mashg‘ulotlarini olib borishdi.

Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi hamda kelajakda vazirlik o’quv markazi O’.Sodiqov kabi sohani etuk mutaxassisi bo’lib etishishni o‘zlariga maqsad qilib olishdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga vazirlik o’quv markazi O’.Sodiqov va yetakchi ilmiy xodimi J.Durxadjaevlardan yetarlicha javoblar olishdi.

Universitet matbuot xizmati