02.02.2023
Qishning so‘nggi oyi boshida
Joriy yilning 1 fevral kuni YeRB fakulteti 109-guruh talabalari bilan qishning anomal sovuq kunlaridan keyin uzoq cho‘zilgan qishki ta’tildan so‘ng go‘zal poytaxtimizni qolaversa, oliygohni sog‘ingan talabalar bilan shahrimiz markazida joylashgan sohibqiron Amir Temur maydoniga va muzeyiga sayohat uyushtirdik. Mayin, yoqimli havo va daraxtlardagi ilk kurtaklar, archalar tagida hali erishga ulgurmagan qorlar ham maydonga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Talabalar muzeydan katta taassurotlar bilan qaytishdi.
YeRB fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati