TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2022

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi saylovi

Joriy yilning 28-oktabr sanasida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti va undagi talabar uchun muhim bo‘lgan jarayon yani Fakultetning Yoshlar ittifoqi yetakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan fakultetning barcha faol talabalari ishtrok etishdi. O‘z taqdirini fakultetimiz va uning talabalari taqdiri bilan bog'lashni, hamda kelajakdagi faoliyati uchun as qotadigan rahbarlik fazilatlarini shakillantirish maqsadida bo‘lgan nomzodlar ushbu saylovda o‘z saylov oldi dasturi bilan qatnashib yig‘ilganlar oldida himoya qilishdi.

Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchiligiga qo‘yilgan nomzodlar:

  • Ibrohimov No’monjon
  • Kenjeboyeva Madina
  • Baxtiyorov Bobur
  • Masharipov Mashxurbek
  • Sarvarbek Dehqonbayev
  • Eshmurotova Yulduz

         Saylovni fakultet dekani Q.Shavazov va Universitetimiz Yoshlar  ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi X.Tojiyev ochib berishdi. Saylovni shaffof o‘tishini taminlash maqsadida fakultetimiz ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov va universitet Yoshlar kengashidan tuzilgan maxsus komissiya a’zolari nazorat olib borishdi. Saylovni fakultetning faol talabasi hamda unversitet kengashi a'zosi J.Xo‘jamqulov boshqarib bordi. Saylov davomida har bir nomzod o‘z dasturini yig‘ilganlar oldida 5 daqiqa mobaynida namoyish etishdi va savollarga javob berishdi.

         Yakunda ovoz berish jarayoni tegishli nomzodga qo‘l ko‘tarish yo‘li bilan amalga oshirildi va nazoratchilar tomonidan hisoblab borildi. Umumiy natijalarga ko‘ra boshqa nomzodlarga qaragand ko‘p ovoz to‘plagan Masharipov Mashxurbek fakultetning Yoshlar ittifoqi yetakchisi sifatida saylandi. Mashxurbekning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati