TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2022

“Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari safarda

             O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rejasi hamda Rossiyaning hamkor universitetlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan joriy yilning 5 - dekabr kuni “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi Atxam Borotov va 2-kurs tayanch doktoranti Nurali Ashurovlar “Rossiya Federasiyasi Ivan Ivanov nomidagi Kursk qishloq xo‘jaligi akademiyasi”ga ilmiy-pedagogik stajirovka o‘tish maqsadida bordilar.

           Shu kunning o‘zidayoq Kursk qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori Musyal Aleksandr Vyacheslavovich bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv chog‘ida ilmiy-pedagogik stajirovkani o‘tkazish rejalari to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Akademiya rektori Musyal Aleksandr Vyacheslavovichga esdalik sovg‘alar topshirildi.

           Shundan so‘ng Injeneriya fakultetiga tashrif buyurdilar. Bu yerda fakultet dekani hamda fakultetdagi barcha kafedra mudirlari bilan ilmiy-pedagogik stajirovkani o‘tkazish to‘g‘risidagi rejalarni kelishib oldilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati