TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

“Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muomolari” ilmiy-amaliy anjuman yakunlari.

Suv resurslaridan foydalanishda suvning umumiy miqdori O‘zbekistonda  o‘tgan asrning 90-yillariga 64 mlrd. m3 ni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda o‘rtacha 51 mlrd. m3 gacha kamaydi. Mos ravishda 1 gektar sug‘oriladigan maydonga o‘rtacha 16 ming m3 suv ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 10 ming m3 ga tushdi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib suv resurslari O‘zbekistonning asosiy daryolari - Sirdaryo havzasida 5 foizgacha, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki dehqonchilik qilinadigan 4,3 mlg.ga maydondan barqaror hosil olish uchun suv tejamkor sug‘orish texnologiyalariga e’tibor qaratish lozim.

Shu sababli har yili “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazib kelinayotgan “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muomolari” mavzusdagi  XXIII yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani 2024 yil 10-11 may kunlari o‘tkazildi.

Anjumanning “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” bo‘yicha 1-A sho‘basida 51 ta ilmiy maqolalar “Irrgatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Anjumanda faol qatnashgan R.X.Yuldashev - “TIQXMMI” MTU magistrantiga 1-o‘rin, J.S.Ataboyev - “TIQXMMI” MTU talabasiga 2-o‘rin, Sh.Mirnig‘matov - “TIQXMMI” MTU magistrantiga 3-o‘rinlar bilan taqdirlandi. Qiziqarli, sermazmun va muhokamaga boy bo‘lgan anjuman yuqori saviyada o‘tkazildi.