TIQXMMI yangiliklari

img
29.05.2024

“Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishida yakuniy davlat attestatsiyasi

2024-yil 29-may kuni universitetning “Energetika” fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasida sirtqi ta’lim shakli asosida, 5430500-“Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan, bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston  Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida Nizom” talablariga muvofiq tashkil etildi. Bitiruvchi talabalarning o‘qish davri davomida olgan bilimlari, kasbiy kompetensiyasi, sohaning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib qaror qabul qilish qobiliyatlari imtihon komissiyasi tomonidan tekshirildi. Imtihon, I.U.Raxmonov raisligida, a’zolar B.K.Tagayev, J.N.Tolipov, A.S.Berdishev, A.A.Turdiboyevlar tomonidan o‘tkazildi.

Ushbu imtihonda universitet rektori, professor B.S.Mirzayev ham ishtirok etib, bitiruvchi talabalarni avvalo bu marra yetib kelganliklari bilan tabrikladi. Shundan so‘ng universitet rektori talabalarning bilimlarini baholayotgan imtihon komissiyasi faoliyatini kuzatdi. Talabalar tomonidan berilayotgan javoblarini tingladi.