Qat'iyat – muvaffaqiyat garovi
Joriy yilning 11-noyabr kuni universitet psixologi M.K. Muhammedova va QXM fakulteti tyutori J. Sa'dullayevlar hamkorlikda QXM fakulteti 1 kurs 102-guruh talabalari bilan “Qat'iyat bor joyda, kuch bor” mavzuida seminar trening tashkil etishdi. Tadbirda maqsadlarni to'g'ri qo'yish usullari haqida, orzularni maqsadga aylantirishning yo'l – yo'riqlari haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilarning o'z ichki olamlarini anglashlari uchun mo'ljallangan “Siz qanday insonsiz?”, “ Men va mening ichki dunyoyim”, “Sirli quticha” kabi qiziqarli mashg'ulotlar o'tkazildi. Tadbirda QXM fakulteti yoshlar ittfoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi M.Masharipov ham ishtirok etib, yoshlar ittifoqi tashkilotining maqsad va vazifalari haqida yig'ilish ishtirokchilariga qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Guruhdagi ko'pchilik bergan ovozga ko'ra guruh yoshlar ittifoqi sardori etib U.A'zamov saylandi. Ushbu kunda guruh kasaba uyushmasi yetakchisi A.Berdiqulov tavallud topgan ekan. Barcha guruh a'zolari A.Berdiqulovni tug'ilgan kuni bilan tabriklashib, kelgusi hayotida ulkan zafarlar tilab qolgan holda tadbir o'z nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati