TIQXMMI yangiliklari

img
20.11.2021

“Qat’iyat bor joyda – kuch bor”

Joriy yilning 19 noyabr kuni  1 – TTJ , GTS fakulteti 1 – 2 kurs talaba yoshlari va 1 – TTJ tarbiyachi pedagogi D. Shukrullayevalar bilan institut psixologi M.K. Muxamedova  “21 kunlik aqliy diyeta” mavzusida seminar trening o'tkazdi. Maqsad: talabalarning o'z kunlarini to'g'ri rejalashtirib, orzularini maqsadlarga, maqsadlarni esa amalga oshirish uchun, yuksaklarga ko'taruvchi odatlarni shakllantirishdan iborat. Uchrashuvda sharq mutafakkirlarining qat'iyat orqali hayotda g'alabaga erishish to'g'risidagi fikrlari, qarashlari haqida so'z yuritildi va muhokama qilindi. Tadbir davomida maqsadlarni to'g'ri yo'naltirish texnikasi o'rgatildi va  “21 kunlik aqliy diyeta” “menyu”si tuzilib, ishtirokchilarga tarqatildi. 

Tadbir ishtirokchilariga mavzu juda ma'qul kelganligi bois, barchalari faol qatnashishdi. Ayniqsa GTS fakulteti 2 – kurs talabalari: Jo'rabek, Zikrillo va Nursultonlarda  keyingi trening mashg'ulotlariga trener bo'lish istagi paydo bo'ldi. Tadbir qizg'in tarzda yakuniga yetdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati