“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti-Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova tashabbusi bilan joriy yilning 15 sanasida talabalarni 5 + 1 ya'ni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, hamda 5 ta muhim tashabbusning 1 - nchisi doirasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga 113 - guruh talabalari bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Talabalar muzeyda istiqlol yillarida ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash bo‘yicha olib borilgan katta va muhim ishlar aks etgan ekspozitsiyalarni, shahid ketgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab qad rostlagan yodgorlik majmui hamda muzeyni ko‘p tarixiy voqealarga guvoh bo‘lgan qadimiy Bo‘zsuv sohilida bejiz barpo etilmagani, mustamlakachilik yillarida Vatan va xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasi ana shu yodgorlikda o‘z abadiyatini topganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida barpo etilgan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyining har bir bo‘limidagi o‘sha davrlarga oid hujjatlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar tarixdan saboq chiqarib, bugungi hayotimizga shukronalikka va kelajakka bepisand bo‘lmaslikka o‘rgatishi shubhasizdir. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad talabalarda insonning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda ajdodlarga nisbatan mehr, iftixor tuyg‘ularini oshirish, ajdodlarga munosib tarzda hayot kechirishlari, mehnat qilishlari va buyuk ishlarni amalga oshirish sari ilhom baxsh etishdan iboratdir. Muzeydan olingan taassurot talabalarda estetik hamda ma’naviy zavq bag‘ishladi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati