TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2022

Qatag'on qurbonlari - vatan fidoyilari

Darhaqiqat, har bir millat va elatning o'z tarixi bor.  Tarix zamirida esa, milliy o'zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg'usi mujassam. "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova universitetimizning bir guruh talabalari bilan "Shahidlar xotirasi xiyoboni" va  "Qatag'on qurbonlari " muzeyiga  tashrif buyurdilar. Jamiyatni ma'naviy yulsaltirishda, milliy g'oyani mustahkamlashda, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida o'rni bor.

Muzeylarning ijtimoiy - siyosiy hayotimizda bajaradigan vazifalaridan biri ta'lim va tarbiya o'chog'i ekanligidir. Ra'no Kodirova  talabalarimizga qatag'on qurbonlari haqida 1937- 53- yillarda O'zbekistonda 100 ming odam qatag'onga uchragan. Ularning 13 ming nafari shafqatsiz otib tashlangan. 1937 - 38 yillardagi katta qatag'on davrida 7 mingga yaqin vatandoshlarimiz otilgani haqida chuqur qayg'u bilan gapirib berdi. Shundan so'ng mustabid tuzum yillarida qatog'onga uchragan millatimizning asl farzandlari ruhlariga hurmat, ehtirom ko'rsatib, xotirasini yod etdilar.

SXTEB fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi R.T. Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati