TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

Qaror mohiyatini ommaga yetkazish

Universitet rektorining 2024 yil 10 yanvardagi 3 a/f –sonli va 2024-yil 1-maydagi 70 x/s-sonli buyruqlari asosida Universitet huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A.Suvanov tomonidan 2024-may 1-may kuni Piskent tumanidagi umumta’lim maktablarining pedagog kadrlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi "Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tog'risida"gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qаrоr mazmunini ommaga yetkazish bo’yicha ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruza davomida ko’plab ma’lumotlar berildi. Jumladan, Tomchilatib sug’orishning an’anaviy usullarga nisbatan afzalliklari, Suv hisoblagich oʼrnatmagan va tejamkor texnologiyalarni qoʼllamaydigan fermerlar uchun soliq oshirilishi, Fermerlarga garovsiz 5 yilga kredit berilishi, kreditlar “onlayn” ajratilishi Аgrobank tomonidan "Suvkredit.uz" tizimi yoʼlga qoʼyilayotganligi, 2025 yildan boshlab  dalada suv hisoblagich oʼrnatgan va tejamkor texnologiyalarni qoʼllaydigan fermerlar uchun soliq koeffitsiyenti kamaytirilishi, va aksincha holatlarda esa oshirilshi, shu bilan birga, suv yetkazib berish uchun toʼlovlar bekor qilinishi to’g’risida ma’lumotlar berildi.