Qaror ijrosiga eʼtibor
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsentlari Mamataliyev Adxam Boymirzayevich, Botirov Shavkat Choriyevich hamda kafedra assistenti Yulchiyev Davronbek Gulamovich tomonidan 4-talabalar turar joyida “Qaror va ijro” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 10 - dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son Qarorida koʻrsatilgan vazifalar va qarorga muvofiq amalga oshiriladigan oʻzgarishlar toʻgʻrisida tushuntirish berildi.
Keyingi yillarda cheklangan suv zaxiralaridan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi yerlari biofondini tiklash, shoʻrlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish, “yashil energetika” va agrotexnologiyalar kabi muhim yoʻnalishlarda taʼlim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yoʻlga qoʻyish talab etilmoqda.
Bunday dolzarb global muammolarni yechish uchun investitsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ilmiy salohiyatni yangi bosqichga koʻtarish hamda ishlanmalarni amaliyotda qoʻllashga qodir boʻlganmuhandislarni tayyorlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Shu sababdan ushbu qarorni qabul qilinishi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti tarixida muhim bir voqea boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.
Universitet matbuot xizmati