TIQXMMI yangiliklari

img
20.06.2022

Qaror ijrosi amalda

2022 yilning 11 va 18 iyun kunlari “TIQXMMI” MTUning “Irrigasiya va meliorasiya” kafedrasi professori q.x.f.d., S.X.Isayev, assistent S.S.Tadjiyev, tayanch doktorant E.N.Malikov va magistr B.Bazarbayevlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4801-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida meliorasiya obyektlarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini o’rganish maqsadida tashrif buyurdilar.

Ularga “Sirdaryosuvqurilishinvest” DM bosh muhandisi Jalilov Sanjar, texnik nazoratchilar Sodiqjonov Azamat, Shodiyev Kamoliddin va “Shoxrux-Demirbek” MChJ Bosh mutaxassisi Tursunov Tursunboy hamda Xusanov Nurillolar hamrohlik qildi

I va M kafedrasi jamoasi axboroti

Universitet matbuot xizmati