“Qalqon” jamoasi do‘stlik tarafdori
“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari zimmasiga talabalarning Universitet ichki tartib-qoidalari va Odob-axloq kodeksiga rioya etishlariga ko‘maklashish, Universitet hududidagi osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, doimiy kuzatuvni olib borish va talabalarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish hmada shu kabi ko‘plab vazifalar yuklatilgan.
Talabalar ongidagi vatanparvarlik, hamjihatlik va birdamlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan har qanday targ‘ibot tadbirlari biz uchun muhim hisoblanadi. Shunday targ‘ibot tadbiri sifatida hamda talaba qizlarimizning dam olish kunini mazmunli o‘tkazish, qizlar o‘rtasida do‘stona kayfiyatda shakllangan birdamlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida 31-mart kuni “Qalqon” jamoasi a’zolari boshchiligida 4-TTJ qizlari bilan birgalikda do‘stlik dasturxoni yozildi. Bir-birlaridan qo‘li shirin qizlarimiz turli viloyatlarning milliy taomlari bilan birgalikda shirinliklarni tayyorlashdi va dasturxonga tortishdi. Dasturxon atrofida qizlarimiz bilan do‘stlik, birdamlik va hamjihatlilik mavzularida samimiy suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida 4-TTJ qizlari yana ko‘p bor shu kabi “Do‘stlik dasturxoni” ni tashkil etish haqida kelishib olishdi.
“Qalqon” jamoasi axboroti
Universitet matbuot xizmati