TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2022

Qadrlash va qadrlanish savobi

Ona soʻzi qay darajada ahamiyatga molik boʻlsa, shunday tushunchalar borki, ularning ham hayotda oʻrni ustuvor. Xotira va xotirlanish, qadrlash va qadrlanish ham ana shunday muqaddas tushunchalardanrir.  Xotira muqaddas, qadrlash savobdir. El-yurtimizning erki va ozodligi, baxtu saodati uchun hayotini qurbon qilgan Vatandoshlarimiz xotirasi hamisha barhayotdir. Osoyishta va tinch hayot uchun kurashganlar yurtning faxri hisoblanadi. GM-102 guruh talabalari va fakultet tyutori D. Egamovalar tashrif buyurgan motamsaro ona haykali buning yaqqol dalilidir.   Unga nazari tushgan inson qadr va xotiraning uzviy birligini anglab yetishi muqarrardir.

 

       

GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati