03.05.2023
Qadrlagan qadr topar
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti - Milliy tadqiqot universitetining 1 may 2023 yildagi 30-sonli yigilishida rektor tomonidan tasdiqlangan rejaning 4 - bandi asosidagi ma'naviy tadbir amalga oshirildi.
Mazkur tashrif Xotin - qizlar qo'mitasi raisi va faollari tashabbusi asosida 9 - may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov xonadoniga tashrifdan boshlandi. Faollar bayram bilan tabriklab, xonadon sohibasi Hanifa aya bilan shoirning bosib o'tgan shonli yo'li haqida dildan suhbat qurdilar.
Universitet matbuot xizmati