TIQXMMI yangiliklari

img
29.05.2022

Qadrdon bitiruvchilar uchrashuvi

2022-yilning 28-may kuni Universitetimizning madaniyat saroyiga “Gidromeliorasiya” va “Gidrotexnika qurilishi” fakultetlarining 1987-yil hamda “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” va “Gidromeliorativ ishlarni mexanizasiyalash” fakultetlarining 1992-yil bitiruvchilari tashrif buyurishdi.

Tashrif buyurgan bitiruvchilarga Universitet haqida tayyorlangan videorolik namoyish qilindi hamda hozirgi kunda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va dunyo miqyosida erishilgan natijalar to’g’risida Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor, t.f.d., prof. Saloxiddinov A.T. to’liq ma’lumotlar berildi.

Fakultetlar bo’yicha bitiruvchilar tomonidan mas’ul bo’lgan tashkilotchilar so’zga chiqib, Universitet rahbariyatiga yaratilgan sharoitlar hamda berilgan ma’lumotlar uchun bitiruvchilar nomidan minnatdorchilik bildirishdi.

 

       Universitet matbuot xizmati