TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2022

Qadr topgan ustoz hurmati

Insonni qadrlash, elning e’zozlanishi Yangi O‘zbekistonning ruhi va shukuhidan dalolat. O‘z kasbi va sohasi nuqtai nazaridan fidoyi insonlar hamisha e’zoz va ehtiromga munosib. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati ham bevosita shunga bog‘liq. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti  Komilov Asil Ikromovichning 80 yillik yubileyi munosabati bilan Universitetning kengaytirilgan kengash yig‘ilishining tashkil etilishi ham xuddi shu hurmatning ifodasidir.

       Universitet rahbariyati, hamkor tashkilot vakillari, taklif etilgan mehmonlar va kengash a’zolari ishtirokida universitetimizda tashkil etilgan tadbirni Milliy tadqiqot universitetimiz rektori, professor Bahodir Suyunovich Mirzaev kengash raisi sifatida boshqarib bordi. Rektor universitet nomidan ustozni samimiy tabriklay turib sovg‘alarni taqdim etdi. So‘ngra hamkor tashkilot vakillari va taklif etilgan mehmonlarga o‘z navbati bilan so‘z berdi.

      

          Dastavval, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «NURONIY» jamg‘armasi raisi, senator Sodiqjon Turdievga so‘z berildi. U Jamg‘arma nomidan ko‘krak nishonini taqib ustozni olqishladi. Keyin jamg‘arma raisining o‘rinbosari, "Nuroniy" gazetasining bosh muharriri, taniqli jurnalist Sharof Ubaydullaev Asil Ikromovichni chin dildan muborakbod etdi. Keys-Servis qo‘shma korxonasi bosh direktor o‘rinbosari Davitov Sadriddin Raimovich TIQXMMI MTU bitiruvchilari nomidan tabriklab o‘z sovg‘alarini topshirdi.

        "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakultetining jamoasi nomidan  dekan Shavazov Qodir Ochilovich, "QSXET" fakulteti dekani Isoqov Abdusaid Jalilovich, GM fakulteti dekani Alisher Fatxullaevlar ham o‘z jamoalari nomidan tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdilar. "Traktor va avtomobillar” kafedrasi jamoasi nomidan kafedra mudiri Omonov Mansur Ochilovich kafedra jamoasi nomidan samimiy qutladi. Oila a’zolari va barcha yaqinlari midan Komilov Abbos Akmalovich tabriklab ustozga metindek iroda va kuch-quvvat tiladi.

Ustozning hayot yo‘li va qizg‘in faoliyati haqida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishlari uchun ushbu ma’lumotni keltirishni lozim topdik. Komilov Asil Ikromovich 1942 yil 28 oktyabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida ishchi oilasida tavallud topgan. 1969 yilda TIQXMMIning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetini tamomlagan. Umumiy mehnat staji 62 yil. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab so‘ngra institutda ilmiy-pedagogik Traktorlar va avtomobillar” kafedrasida mehnat faoliyatini boshlaydi.

        1976-1979 yillarda sobiq ittifoqdagi Leningrad qishloq xo‘jaligi institutida aspiranturaga o‘qishga kirib 1981 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini ega bo‘ldi.  1981-1992 yillar oralig‘ida TIQXMMIning “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasida o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib katta o‘qituvchi, dotsent va kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.  Pedagogik faoliyat bilan birga 1992-2000 yillarda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani va prorektor muovini lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.  2004-2017 yillar davomida Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti sifatida faoliyat ko‘rsatib, 2017 yildan hozirgi kunga qadar TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

     

         Komilov Asil Ikromovich salohiyatli ustoz-pedagog sifatida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi malakali kadrlarni tayyorlash hamda yoshlarni barkamol, yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalashda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda ulardan ta’lim-tarbiya olgan shogirdlar respublikamiz miqyosida qishloq va suv xo‘jaligi sohasining turli jabhalarida,  shu bilan birga davlat boshqaruvi lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar. Komilov Asil Ikromovich uzoq yillar mobaynida universitet, kafedra yutuqlariga munosib hissa qo‘shgan pedagoglardan biri hisoblanib, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shu jumladan, 6 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, ko‘plab uslubiy ko‘rsatmalar muallifi.  Komilov Asil Ikromovich talaba yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada oshirish ishlarini olib borishda bevosita ishtirok etib kelayotgan tajribali ustozlardan hisoblanadi. Ko‘p yillik me’hnatlarini inobatga olgan holda hukumatimiz Komilov Asil Ikromovich oliy ta’lim tizimidagi fidokorona mehnatlari uchun 2017 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

     

          Komilov Asil Ikromovich hamisha vaziyatni ob’ektiv baholash qobiliyatiga ega, yangilikka intiluvchan, kafedrada sog‘lom va ishchan muhit yaratishda alohida sifatlarga ega, dunyoqarashi keng, xodimlarga mehribon ustoz sifatida jamoa va talabalar o‘rtasida hurmatga sazovordir. Uch nafar farzandning otasi. 1 darajali mehnat faxriysi buniyam qo'shib qo'yarkansiz. Prezidentimiz nazariga tushgan 1-darajali Mehnat faxriysi bo‘lgan ustoz Asil Karimovichning 100 yillik yubileyini ham jamoamiz va barcha yaqinlari bilan keng nishonlash hammamizga nasib etsin. Doimo sog‘u omon bo‘ling, Asil Ikromovich!

                Universitet matbuot xizmati