TIQXMMI yangiliklari

img
13.04.2022

“Pskem GES” qurilishi davom etmoqda

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktyabrdagiToshkent viloyati Bostonliq tumani Pskem daryosida Pskem GESni qurishinvestitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-5253-sonli qaroriga asosan keng kolamli qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda.

Mazkur investitsiya loyihasining 1-bosqichida umumiy balandligi 60 metr bo‘lgan yuqori suv to‘sish inshootida filtratsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda ilk marotaba zamonaviy qurilish texnologiyalari asosida geokompozit materiallarinio‘ o‘rnatish ishlari boshlangan.

Mamlakatamizning gidrotexnik inshootlarini qurish sohasida qo‘llaniladigan bu kabi yangi texnologiyalar va qurilish materiallari bilan Gidrotexnika qurilishi va Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari bakalavriat ta`lim yo‘nalishlari talabalari  hamda Gidrotexnika qurilishi fakultetidagi kafedralar professor-o`qituvchilari, magistrantlari va doktorontuaari tanishish maqsadida mazkur qurilish maydoniga joriy yilning 12 aprel kuni tashrif buyurdilar va  ilmiy-amaliy o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdilar.

Universitet matbuot xizmati