TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2023

Psixologik seminar-trening tashkil etildi

“Gidromelioratsiya” fakultetining 1-2- kurs talabalari va tyutorlari G. Axmedjanova, Z.Tursunova va U. Usmanovlar bilan birgalikda, "Professional ta’lim" kafedrasi dotsenti D. Mukumova "Psixologik seminar-trening" tashkil qildilar. Psixotreningda "Yoshlarni g‘oyaviy bo‘shliqqa nisabat siyosiy ong" ini takomillashtirish orqali ta’sir kuchini qo‘llash va o‘zligini anglash, o‘z- o‘ziga to‘g‘ri "adekvat" baho berish amaliy mashqlar  orqali olib borildi.

Talaba yoshlar bugungi kundagi siyosi-huquqiy o‘zgarishlarga nisbat o‘zlarining ijobiy fikrlarini birma-bir bayon qildilar. "Bugungi kun barchamizniki" shiori ostida talaba yoshlarimiz tetik ruhiyat bilan olg‘a qadam qo‘ymoqdalar! Jamiyatdagi barcha yangiliklar va o‘zgarishlarga - biz, ustoz- pedagoglar mas’ulmiz va bu yo‘lda talaba yoshlar bilan birgalikda qadam tashlaymiz!

Universitet matbuot xizmati