Psixolog va talabalar uchrashuvi
Joriy yilning 3 oktabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Gidrotexnika qurilishi fakulteti 101-102 guruh talabalari bilan “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova hamda Gidrotexnika qurilishi fakulteti tutori D.Xursandovalar hamkorlikda “Psixologning inson hayotida tutgan o'rni” mavzusida tadbir tashkil etdishdi. Tadbir talabalarni universitet psixologining universitetda olib boradigan faoliyati bilan to'liq tanishtirish va uning universitetdagi o'rni haqida ma'lumotlar berish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga universitet psixologi faoliyati to'g'risida to'liq ma'lumotlar berib o'tildi. Yig'ilish davomida qiziqarli trening o'yinlar va mushohada qilishga undovchi mag'ulotlar o'tkazildi. Tadbir savol-javob, bahslarga boy tarzda kechdi.Barcha talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli tarzda javoblar olishdi. Tadbir so'ngida yig'ilish ishtirokchilari o'z talab va takliflarini, qiziqishlarini bayon etib o'tishdi. Talabalarning taklif va qiziqishlariga muvofiq tadbirlar tashkil etishni maqsad qilgan holda, tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati