TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2021

“Psixolog va talabalar uchrashuvi”

22 dekabr kuni B – korpus ma'ruzalar zalida GTS fakulteti 1 – kurs talabalarini universitet psixologi faoliyati bilan tanishtirish va targ'ibot qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni GTS fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini  A. Azimov o'z kirish so'zi bilan ochib, so'z navbatini universitet psixologiga berdi. Universitet psixologi Muhayyo Kamolxonovna Muxamedova talabalarga “Universitet psixologining faoliyati” mavzusida taqdimot qildi va psixolog mutaxassisining boshqa mutaxassisliklardan farqi haqida talabalarga ma'lumot berdi. Shu bilan birga universitet psixologining universitetda olib boradigan faoliyati turlari bilan tanishtirib o'tdi. 

Uchrashuv davomida hayotiy hikoyalar asosida psixolog faoliyati qirralari ochib berildi. Tadbirda psixologning inson hayotidagi tutgan o'rni haqida GTS fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Azimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Yig'ilish so'ngida talabalar universitet psixologidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.“Universitet psixologi faoliyati” to'g'risidagi varaqalar tarqatildi va tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.    

 

TIQXMMI MTU matbuot xizmati