Psixolog va qxm fakulteti talabalari uchrashuvi
Joriy yilning 9 sentyabr kuni universitet psixologi M.K. Muxamedova va QXM fakulteti tyutori J. Sa'dullayevlar hamkorlikda QXM fakulteti 1 kurs talabalari bilan tadbir o'tkazishdi. Talabalarni o'quv binolari va u yerda ishlaydigan xodimlar bilan tanishtirish maqsadida, tadbir talabalar soni ko'p bo'lishiga qaramay universitet psixologi xonasida o'tkazildi. Tadbirda universitet psixologi M.K. Muxamedova universitet psixologi vazifasi nimalardan iborat ekani, talabalar bilan guruhiy va individual tarzda ishlashi haqida ma'lumotlar berish bilan birgalikda, universitet talabasining etik, estetik qoidalarga va universitetning ichki qonun qoidalariga qat'iy rioya qilishlari zarurligi, odob axloq, atrofdagilar bilan munosabat, muomala madaniyati, o'qishga nisbatan qaysi pozitsiyada bo'lishlari kerakligi haqida so'zladi. Ayniqsa, vaqtni qadrlash, boriga shukr qilib, a'lo o'qishga intilib o'z ko'zlagan maqsadlariga yetish mumkinligi, buning uchun esa hech bo'lmaganda kuniga ikki bet: bir kun kirill, bir kun lotin yozuvida kitob o'qigan odamning intellekti charxlanib yozuvlarni bir-biriga gibrid qilib qorishtirib yubormaslik ko'nikmasi paydo bo'lishi va ilmlari ziyoda bo'lishi haqida qizg'in suhbatlar olib borildi.
Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javoblar olishdi va tadbir o'z yakuniga yetdi. Tadbir yakunlanganiga qaramay Karim, Halil, Javlon, Anvar va Diyorbeklarni bu suhbatlar qiziqtirib qo'yganligi bois, alohida suhbat davom ettirilib, qachon psixolog yordami zarur bulsa bemalol murojaat qilishlari mumkinligi aytilib, tadbir nihoyalandi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati