TIQXMMI yangiliklari

img
31.05.2022

Profilaktik targ‘ibot

2022 - yil 31 - may kuni “TIQXMMI” MTU B-bino, 109-o‘quv auditoriyasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlari uchun “Talaba yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi: psixotropik moddalar iste’moli, sotish va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIOF MB YOMB katta inspektori podpolkovnik B.F.Xasanov, Mirzo Ulug‘bek tumani 3-son IIB YOMB katta inspektori katta leytenant A.Axmedovalar ishtirok etishdi. "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida psixotropik moddalarni iste’mol qilish va sotish bilan bog‘liq jinoyatlarning keng tarqalib borayotganligi, psixotropik moddalarning inson salomatligi va hayotiga juda xavfli ekanligi, buning oqibatida qanchadan qancha yoshlarning hayoti izdan chiqishi oilasi va jamiyatga katta xavf solishi bilan bog‘liq jarayonlarni statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilib, tushuntirib o‘tildi. Psixotrop moddalarni iste’mol qilish, sotish va tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligida belgilangan jazolarning mohiyati va jazo muqarrarligi xususida yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berildi, shuningdek, mavzu yuzasidan videoroliklar namoyish etildi. Talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

 

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati