TIQXMMI yangiliklari

img
03.02.2024

Professional ta’lim yo‘nalishida ustoz-shogird jarayoni

“Ustoz – shogird” tizimini tashkil etish va uni takomillashtirishda asosiy maqsad talaba – ѐshlarga mazmunli bilim berish, kasbiy mahoratga ega bo‘lish orqali ustozlar yo‘lidan borib, kelajakda o‘z sohasining bilimdoni, ma’naviy sog‘lom, ruhan pok, bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Bu jarayonni uzluksiz amalga oshirish uchun yaxlit holda shogirdni o‘z – o‘zini tarbiyalash orqali, ya’ni egallagan kasb – hunarini san’at darajasiga ko‘tarishi, milliy qadriyatlarimiz hamda an’analarimizga sodiq qolgan holda ustozlar o‘giti hamda ishini davom ettirishini taqoza etadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlab o‘tganlaridek: “Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘ѐbga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda,  ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jaraѐnlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak. Shu maqsadda professional ta’lim soha yo‘nalishlarida taxsil olayotgan Z.Ismailovaga biriktirilgan  talabalar bilan 3-fevral 2024 yil “Ustoz-shogird” tizimini tashkil etib, ularning kasbiy faoliyatini shakllantirish, ilmiy sohaga yo‘naltirish borasida  davra suhbati tashkil etildi.

Bu borada talabalar, ya’ni bo‘lajak o‘qituvchilarga  o‘qituvchilik faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy yo‘naltirish maqsadida anjumanlarga maqolalar tayyorlash, amliy jarayonlarni tashkil etishga xos  jihatlar o‘rgatiligan holda munozaralar va uchrashuvlar amaliy jarayonlar tashkil etilib kelinmoqda. “Ustoz – shogird” imkoniyatlarining yaratilishi ustoz- shogird faoliyati uchun samarali mehnat natijasi har tomonlama kamol topgan talabalarni tarbiyalashdan iborat bo‘ladi.