TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2022

“Professional ta’lim” yo‘nalishi talabalari pedagogik amaliyotda

Davlat ta’lim standartlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, o‘quv rejada belgilangan mustaqil ish uchun ajratilgan yuklamalarni bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish ta’lim muassasalarining umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada malakali mutaxassislar tayyorlash, ularni haqiqiy soha yo‘nalishlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga erishida o‘qituvchilardan katta masuliyat talab etilmoqda. Ya’ni dars jarayonlariga axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashish davr talabiga aylanib qoldi.

Qishloq xo‘jaligi  mexanizatsiyalash fakulteti “Professional ta’lim” yo‘nalishi 3 bosqich 306 - guruh talabalari  o‘zlari olgan nazariy bilimlarni yanada boyitish hamda yangi pedagogik mahoratlarni egallash maqsadida “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri, dotsent Durdona Mustafoeva rahbarligida Toshkent tumani “Xizmat ko‘rsatish va servis” texnikumida Pedagogik amaliyotlarini o‘tadilar. Pedagogik amaliyotdan maqsad talabalarning ham kasbiy, ham pedagogik faoliyatlari uchun zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish, pedagogik mahoratning yangi qirralarini o‘rganish, pedagogik nutq, pedagogik takt va pedagogik mohirlik sirlarini o‘rganish va kelajakda pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishdir.  Biz bo‘lajak pedagoglarga kelgusi mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!