TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2022

“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasida Fan olimpiadasining I- bosqichi o’tkazildi

Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili talabalar o‘rtasida an’anaviy respublika fan olimpiadasi o‘tkazilib kelinmoqda.  Shu munosabat bilan, ushbu an’anaviy olimpiadani 2021/2022-o‘quv yilida ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan offline tarzda tashkil etish maqsadida “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan “kasbiy psixologiya” fanidan fan olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur oyning 20 – aprel kuni “QXM” fakultetining professional ta’lim 206- guruxlari o‘rtasida va 21-aprel kuni “SXM” fakultetining 215 – guruhlarida “Fan olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Ikkala guruhdan saralab olingan talablarga faxrli 1 chi, 2 chi, hamda 3 chi o‘rinlar berildi. Talaba yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, shu bilan bir qatorda ular bilan xamnafas bo‘lish har birimizning zimmamizdagi ma’suliyat bo‘lib, ularni qo‘llab quvvatlashni davr talabi deb bilishimiz darkor. Dalatimiz rahbari tomonidan targ‘ib qilingan yoshlarni tarbiyalashdagi muhim 5 ta tashabbus ham aynan shu vazifani, ya’ni yoshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘ladi, degan fikrlar ilgari surilgan. Ushbu yuqori o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalarga keying bosqichlarda omad tilab qolamiz!