TIQXMMI yangiliklari

img
20.02.2023

Professional ta’lim - innovatsion ta’lim tizimining asosi

Bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash, ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog‘liqdir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr boshlarida kеchayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta’lim tizimida tub islohotlar qilishni talab etayapti desak mubolag’a bo’lmaydi. Hozirgi kunda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning moddiy texnik bazasi mustahkamlanib, ta’lim sifati yuqori bosqichga ko’tarilib borilayotgan bir vaqtda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimi ham yo’lga qo’yildi.

Professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishning asosini tashkil etadi. Professional ta’lim tizimining maqsadi va talabi — professional ta’lim muassasalarida o‘qigan yoshlar aniq ish o‘rniga, o‘z kasbi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shartligidadir.

Bugungi kunda universitetimizning 3 bosqich talabalari nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish hamda kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini natijalarini aniqlash maqsadida pedagogik amaliyotini o'tamoqdalar. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fakulteti "Professional ta'lim" yo'nalishi 3 bosqich 306 guruh talabalari Toshkent tumani xizmat ko'rsatish va texnik servis texnikumida pedagogik amaliyotida o'zlarining kasbiy mahoratlarini sinamoqdalar. M.Maxmurova, B.Namozova hamda M.Kengeshovalar texnikumning "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi o'quvchilariga "o'qituvchining pedagogik mahorati" mavzusida binar dars o'tishlari jarayonida bo'lajak tarbiyachilarga pedagogik takt, pedagogik texnika va o'qituvchining imijdi, o'qituvchilarga qo'yilgan talabalar haqida keng nazariy tushunchalar berib, mashg'ulot davomida enerjayzer o'yinlar bilan o'zlarining mahoratlarini sinab, o'zlariga kerakli ko'nikmalarni egallashga muvaffaq bo'ldilar. Yosh o'qituvchilarga kelajakdagi pedagogik faoliyatlariga omadlar tilab qolamiz.

 Universitet matbuot xizmati