TIQXMMI yangiliklari

img
24.02.2022

Prezidentning 42 sonli qaroring ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42 sonli qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasining professor-o‘qituvchilari “O‘zenergoinjiniring” AJ ning yetakchi mutahassislari bilan xamkorlikda faoliyat olib borilmoqda. Xamkorlik natijalariga ko‘ra kafedraga tegishli 5430500- (60810500- Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 70810501- Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti magistratura mutaxassisligining davlat ta’lim standartlarini va o‘quv rejalarini, o‘quv va malakaviy amaliyotlar dasturlarini, sohada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga mosligini tahlil qilib borish va ularni ta’lim yo‘nalishining spesifikasidan kelib chiqqan holda ishchi o‘quv rejasidagi barcha fanlar va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining talab va takliflari asosida takomillashtiriladi.

 

Universitet matbuot xizmati