Prezident qarori ijrosi yuzasidan seminar trening
“TIQXMMI” MTUning "Gidromelioratsiya" fakulteti tashabbusi bilan 2024-yil 9 va 10 -fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida fermer xo‘jaliklari rahbar va xodimlari uchun “Zamonaviy sug‘orish texnologiyalari” mavzusida o‘quv-dala seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarida AQSHning Lindsay kompaniyasining Domien Kochelin boshchiligidagi mutaxassislari va Germaniyalik amaliyotchi Robert Grimmning mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv seminarda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan birgalikda universitet professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi. Seminarning dastlabki kuni universitetda tashkil etilib keyingi bosqichlari universitet o‘quv ilmiy markazida davom ettirildi. O‘quv seminar yakunida faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.
Universitet matbuot xizmati